Raʼno Soyibovna RAUPOVA tadqiqotchi Buxoro davlat universiteti Buxoro, Oʻzbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada Abu Ali Ibn Sino tasavvuf falsafasida ruh tushunchasi tizimli tarzda tahlil qilinadi. Ibn Sino ruhni inson tanasidan mustaqil, immaterial mavjudlik sifatida ko‘rib, uning aql, bilish va ma’naviy faoliyatdagi rolini yoritadi. Ibn Sinoning “Kitāb al-Shifāʾ” asaridagi ruh nazariyasi, ruhning tanaga vosita sifatida bog‘liqligi va “Floating Man” (Muallaq inson) fikr tajribasi asosida ruhning mustaqilligi, immaterial tabiati va bilim olishdagi funksiyalari o‘rganiladi. Shu orqali matnda ruh tushunchasining psixologik, metafizik va gnoseologik aspektlarini birlashtiruvchi ilmiy va falsafiy tizim sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Tayanch so‘zlar: metafizika, ruh, immaterial, dunyoni anglash, “Floating Man” (Muallaq inson), axloqiy faoliyat, tasavvufiy qarash, Islom falsafasi.