Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkaziladi
15:30 / 2019-05-07

2020 yildan har yili yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkaziladi.


2020 yildan har yili yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkaziladi.

2020 yildan har yili tibbiyot va farmasevtika talabalari va tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari orasida klinik fanlar bo‘yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkaziladi.

Ushbu maqsadlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida Toshkent tibbiyot akademiyasining Ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-simulyatsion markazlari tashkil etildi.

2019/2020 o‘quv yilidan sog‘liqni saqlash vaziri tasdiqlaydigan ro‘yxatga ko‘ra, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlaridagi birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlarida uch yildan kam bo‘lmagan muddat ishlab bergan shifokorlarga klinik ordinaturaga kirishda yig‘ilgan ballar summasidan 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ballar beriladi.