Avgust oyida Navoiy viloyatida ajdodimiz Abu Ali ibn Sinoning 1040 yilligiga bag‘ishlab «Ibn Sino merosi avlodlari nigohida» Respublika ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingan edi.
Hakamlar hay’atining qaroriga muvofiq, mazkur tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar saralab olindi hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.
Abu Ali ibn Sino hayoti va merosi bo‘yicha eng yaxshi savollar yo‘nalishi:
1-o‘rin – Zarina Zubaydullayeva (Buxoro viloyati)
2-o‘rin – Mohichehra Kamolova (Jizzax viloyati)
3-o‘rin – Rustam Ermatov (Navoiy viloyati)
Abu Ali bin Sino hayoti va merosini targ‘ib etuvchi eng yaxshi animatsion (multfilm, film) yo‘nalishi:
1-o‘rin – Sevaraxon Akramova (Andijon viloyati)
2-o‘rin – Sanobarxon Akramova (Andijon viloyati)
3-o‘rin –G‘olib Masharipov (Xorazm viloyati)
Demak, har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta o‘rin g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, g‘oyaviy-badiiy pishiq ijodiy ishlar OAV orqali keng targ‘ib etiladi.
Pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda tanlov mukofotlari g‘oliblar bilan bilan kelishilgan holda ko‘rsatilgan manzilga yetkazib beriladi.
Mazkur tanlov Navoiy viloyat «Tafakkur» yoshlar targ‘ibot markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan moliyalashtirilgan “XXI asrda Ibn Sinoga murojaat” loyihasi mablag‘lari doirasida tashkil etildi.