FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Hamshiralik ishi”, “Feldsher-akusherlik ishi”, “Tibbiy profilaktika ishi”, “Tibbiy-ijtimoiy ishlar” kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.
[gallery-9403]
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asos qayta tashkil qilingan muassasada ayni paytda 1985 nafar yigit-qiz tahsil olmoqda.
Ta’lim dargohida yoshlarning puxta bilim olishi va kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quv va amaliyot xonalari, kutubxona, axborot-resurs markazi hamda sport zali yangi jihoz va zarur o‘quv anjomlari bilan ta’minlangan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA