IBF yangilangan reytingida charm qo‘lqop ustalarimizning o‘rni qanday?
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur jadvaldan uch nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.
Jumladan, super og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 6-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, ikkinchi eng yengil vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev 11, ikkinchi o‘ta yengil vazn toifasida esa Hasanboy Do‘smatov 12-o‘rindan joylashdi. Qolgan professional bokschilarimiz o‘z vazn toifalarida mazkur yangi reyting jadvaliga kira olmadi.

Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli Murodjon Ahmadaliyev faoliyati davomida 16 ta jangda ishtirok etib, 14 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat rasmiylashtirgan. U ayni damda Kaliforniyaning Indio shahridagi yig‘inda WBA tituliga da’vogar Bektemir Meliqo‘ziyev va sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA