Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IBF Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik kamariga erishishi uchun qo‘shimcha “sakrash to‘sig‘i”ni qo‘ymoqda
10:37 / 2022-01-10

"BoxingScene" nashri hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev barcha chempionlik kamarlarini birlashtiruvchi jangga erishishi uchun o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini himoya qilishi lozimligi xususidagi axborotni tarqatdi.

Janglarni joriy yil 2 fevralgacha  kamida bir marta o‘tkazishi belgilab qo‘yildi.  

Ma’lumotda aytilishicha, Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) tomonidan ilgari surilgan ko‘rsatmaga binoan, Murodjon Ahmadaliyev majburiy da’vogar – filippinlik Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak.

Mazkur jang masalasida Ahmadaliyev va Tapalesning promuoterlik kompaniyalari qisqa fursatda kelishuvga erishishi lozim.

Xabar berganimizdek, Murodjon o‘tgan yilning noyabr oyida AQSHda Xose Velaskesga qarshi o‘tkazgan so‘nggi jangida g‘olib chiqqan va haqli ravishda ushbu vaznda to‘rtta kamarga da’vogar sifatida e’tirof etilgandi.

IBF tmonidan hamyurtimiz uchun to‘rtta kamarni birlashtiruvchi jangiga qadar yana bitta qo‘shimcha “sakrash tusig‘i”ning qo‘yilishi g‘ayritabiiy ekanligini ta’kidlagan holda aytish lozimki, jahon professional boksidagi ayrim karchalonlar o‘zbek bokschisining ikkinchi yengil vaznda to‘rtta kamarni birlashtirishidan xavotirda ekanligi oydinlashmoqda.

Ishonamizki, o‘zbek "yo‘lbarslari”ning munosib vakili bu “to‘siqdan” qiyinchiliksiz o‘tadi.

Boisi, uning bo‘lg‘usi raqibi Tapales bir paytlari, ya’ni o‘tgan yilning 3 aprelida Toshkentdagi boks kechasida Murodjonga "taslim bo‘lgan” Ryosuke Ivasadan mag‘lubiyatga uchragan.

Filippinlik Tapales professional boksdagi faoliyati mobaynida 38 ta jang o‘tkazib, 35 tasida g‘alaba qozongan, 3 tasida mag‘lub bo‘lgan sportchi hisoblanadi.

Hamyurtimiz esa professional boksdagi 10 ta jangining barchasida ringni g‘olib sifatida tark etgan. Shundan 7 ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA