Joriy yilning 2-13 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida IBA tashkiloti tomonidan boks bo‘yicha jahon chempionati tashkil etiladi.
G‘oliblar 300 ming AQSH dollari – kumush medal sohiblari 150 ming, bronza medal egalari 75 ming, chorak final ishtirokchilari esa 10 ming AQSH dollari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Belgilangan ushbu mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi:
50 foiz — bokschiga,
25 foiz — murabbiy va qolgan yana
25 foiz — milliy federatsiyaga.
Darvoqe, musobaqa reglamentiga ko‘ra, 3-11 dekabr kunlari jahon chempionatining saralash, chorak va yarim final bellashuvlari tashkil etilsa, 13 dekabrda final janglari bo‘lib o‘tadi.
Quvonarlisi, mazkur dunyo birinchiligida To‘lqin Qilichev qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi 13 nafar charm qo‘lqop ustalari bilan ishtirok etadi:
-48 kg. Shodiyorjon Meliqo‘ziyev,
-51 kg. Hasanboy Do‘smatov,
-54 kg. Asilbek Jalilov,
-57 kg. Xo‘janazar Nortojiyev
-60 kg. Abdumalik Xalokov,
-63,5 kg. Sayat Ilyasov,
-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev,
-71 kg. Shavkatjon Boltayev,
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev,
-80 kg. Javohir Ummataliyev,
-86 kg. Akmaljon Isroilov,
-92 kg. To‘rabek Habibullayev,
+92 kg. Arman Maxanov.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA