IBA kelasi yili terma jamoalar o‘rtasida jahon kubogini o‘tkazadi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda 155 a’zo davlat ishtirokida turli rejalar muhokama qilindi.
Jumladan, kelasi yildan e’tiboran terma jamoalar o‘rtasida har ikki yilda bir marotaba jahon kubogi o‘tkazilishi ta’kidlandi va unda milliy terma jamoalar tarkibida 7 nafardan bokschi ishtirok etishi belgilandi. Jahon kubogining mukofot jamg‘armasi 10 million AQSH dollaridan iborat bo‘ladi. 2026 yilda IBA milliy federatsiyalar, sportchilar va murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash, chempionatlarni o‘tkazishga ko‘mak tariqasida 55 million AQSH dollari ajratadi.
Shuningdek, musobaqada qatnashishga imkoniyati yo‘q bokschi va murabbiylarga moliyaviy yordam berilishi va boksni rivojlantirish yo‘lida imkoniyati kam federatsiyalarga 50 ming juft qo‘lqop va shlemlar taqdim etilishi ta’kidlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA