Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionatida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha charm qo‘lqop ustalari nomi aniq bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning finalida jami 7 ta mamlakat terma jamoasi a’zolari – Rossiya – 12, O‘zbekiston – 6, Qozog‘iston – 4, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston termalarining bittadan bokschilari qatnashadi.
Quyida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi va ularning final bellashuvidagi raqiblari bilan tanishasiz:
–51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Bair Batlayev (Rossiya);
–60 kg: Abdumalik Xalakov — Vsevolod Shumkov (Rossiya);
–67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Yevgeniy Kool (Rossiya);
–80 kg: Javohir Ummataliyev — Djambulat Bizamov (Rossiya);
–92 kg: To‘rabek Habibullayev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya);
+92 kg: Arman Maxanov — David Surov (Rossiya).
Ma’lumot o‘rnida: finallar ertaga, 13 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA