Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
I.Abdurahmonov: Texnika asrining murakkab savollariga insoniylik tushunchalari bilan javob berishimiz lozim
10:24 / 2025-02-03

Jahon miqyosida zamonaviy texnologiyalar yashin tezligida rivojlanmoqda. Soha vakillarining ta’kidlashicha, rivojlanishlar asosida ta’lim va tarmoqlarda STEM (Science, Technology, Engineering and Math) dasturlari va texnologiyalarining joriy qilinishi natijasida murakkab jarayonlarga oson va samarali yechim topilmoqda. Bugunga kelib, ta’lim dasturlari bog‘chadan to oliy ta’limgacha STEM elementlari bilan boyitildi. Yosh avlodda muhandislikka bo‘lgan qiziqish tobora ortdi. Ular texnologik jihatdan bilimli va “aqlli texnologiyalar”ning erkin foydalanuvchisiga aylanib borayotganiga har birimiz guvohmiz.

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik  Ibrohim Abdurahmonov shu haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

– Darhaqiqat, bugungi kunda insoniyat turli sohalarda ilm-fan  va texnikaning ilg‘or yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni keng joriy etayotgani bor gap, – deydi Ibrohim Abdurahmonov. – Ma’lumotlarning katta hajmdagi to‘plami, ularni almashishdagi yuqori tezlik, sun’iy idrokning paydo bo‘lishi, robototexnika, biotexnologiya va kosmik tadqiqotlar kabi sohalardagi yangiliklar nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlamoqda, balki inson hayotining sifatini ham sezilarli darajada yaxshilamoqda.  

Albatta, zamonaviy hayotni ilm-fan va ta’lim taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozirgi davrda, qaysi bir soha bo‘lmasin, uning rivojlanishi uchun avvalambor zamonaviy ta’lim tizimi va ilg‘or ilm-fanning uzviy taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega. Chunki, ilm-fan va innovatsiyalar, texnologik yutuqlarni keng joriy qilishga inson kapitalini yo‘naltirish, shaxsning fikrlash qobiliyatiga va tajribasiga e’tibor qaratmasdan, haqiqiy va barqaror natijalarga erishish qiyin.  

Biroq, muammo shundaki, zamonaviy ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar yoki innovatsiyalarning axloqi bo‘lmaydi. Bu yerda fizikadagi yadroviy bilimlarni yoki genetikadagi muhandislik texnologiyalarini (genomini ko‘chirish, tahrirlash) yoki hammaga juda tanish shaxsiy hayot bilan hisoblashmaydigan sun’iy idrokli yangi avlod  aqlli qurilmalarini (mobil telefon, kameralar, dronlar, zimdan axborot to‘plovchi virtual olam kabi) eslatish kifoya. Axloq normalarini esa biz insonlar belgilashimiz zarur.  

Xuddi shunday texnologiyalar ulug‘vor insoniy fazilatlardan batamom mosuvo. Albatta, yuqorida aytilganidek, inson ijodkorligi mahsuli bo‘lgan innovatsiyalar yoki texnologiyalar bilan axloq qoidalarining rivojlanish simbiozi (ya’ni, birga rivojlanishi) bor gap. Bashariyat texnologik rivojlanish davrida axloq chegaralari umuminsoniy tamoyillari hamda texnologiya joriy qilishdan yuzaga keladigan oqibatlarni chuqur tasavvur qilish asosida tafakkur bilan belgilanishiga umid qiladi va bunga intiladi. Biroq texnologik rivojlanishda ushbu simbioz tobora texnologik, geosiyosiy raqobat va xudbinlashuv (geosiyosiy va moddiy manfaatdorlik, virtual qaramlik, qadr-qimmatning pasayishi kabi) tufayli keng ma’noda insoniyat sivilizatsiyasini, bizni hayotimizda esa, har bir sohani zimdan yemirmoqda, jamiyatni kuchsizlantirib bormoqda.  

Oqilona yechim esa ilmiy, innovatsion va texnologik rivojlanish davrida STEM dasturlarini HECI (xeki)  -  inglizchada (Humanity, Ethics, Creativity, and Imagination) ya’ni, insoniylik, axloq, ijodkorlik va tasavvur dasturlari bilan jadal uyg‘unlashtirish, texnologik xudbinlashuv yoki “zaharlanish”ga davo (antidot) sifatida umuminsoniy qadriyatlarni barqaror saqlab qolishga erishishdir. Aytmoqchimanki, texnologik rivojlanish avj pallaga ko‘tarilgan bugungi zamonda nafaqat STEMga asoslangan yuqori texnologik malaka va ko‘nikmalarni, balki insoniylik va axloqiylik, ijodiy yondashuv va jarayonlarni to‘la tasavvur qila olishdek muhim malakalarni doimiy shakllantirib borish, bu borada muntazam o‘z ustida ishlash va davriy shaxsiy taftish o‘tkazish o‘ta dolzarbdir.    

HECI global chaqirig‘i har bir shaxs (texnologiyalar foydalanuvchisi yoki taklif etuvchisi)ga tegishli ya’ni, o‘z insoniy fazilatlarini rivojlantirish, axloqiy bilimlarini va axloq chegaralarini mustahkamlash,  masala va muammolarga ijodiy yondashish va jarayonni to‘la va kengroq tasavvur eta olishni taklif etadi. Bu yuqorida aytilgan “innovatsiya-axloa’noda “zaharga” aylangan mahsulotning dasturxonga  tushishi va kasallangan iste’molchi holatini, oila a’zolari azobini, albatta tasavvur qilish lozim. Shundagina yetishtiruvchi bunday amaliyotni o‘z vaqtida ongli to‘xtatadi va manfaatlarini boshqara oladi.  

Mana shu jihatlarni e’tiborga olib, hozirda qishloq xo‘jaligi sohasida 24 soatlik HECI o‘quv malaka oshirish dasturi ishlab chiqildi va joriy qilinmoqda. Ushbu dastur qishloq xo‘jaligi muammolarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan amaliy va nazariy bilimlarni o‘z ichiga oladi. 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ushbu tizim oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va natijada talabalarning amaliy ko‘nikmalari oshirilmoqda, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari o‘rgatilmoqda, sohada global tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari kengaymoqda. Bir so‘z bilan aytganda, HECI tizimi oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ta’limning sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsad har bir bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassisi bugun ana shu chaqiriqlarni to‘g‘ri anglashi lozim va o‘zlarida HECI ko‘nikmalarini hozirgi texnologik rivojlanish bilan uyg‘unlikda muntazam shakllantirib borishi, ma’naviy qiyofa va dunyoqarashini doimiy taftish qilishi zarurligini chuqur anglashi lozim.  

Tarmoqda ma’lum muammo (masalan sho‘rxoklik, yaylovlar eroziyasi, raqamlashtirish, Orol dengizi tubini o‘zlashtirish kabi) yechimi ustida ishlaydigan oliy agromuhandislik  maktablarini tashkil qilar ekanmiz, bu oliy maktablarda agromuhandislar bilan birga turli boshqa soha vakillarini jalb qilishga va HECI nuqtai nazarida ishlarni tashkil qilishga katta e’tibor berilmoqda. Maqsad texnologik yechimlar barqarorligini kafolatlash. Shundagina biz texnika asrining murakkab savollariga insoniylik tushunchalari ila javob bera olishimiz mumkin bo‘ladi.  

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi.

O‘zA