Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
I Xalqaro ziyorat turizmi forumini oʻtkazish uchun nega aynan Buxoro tanlanganiga oydinlik kiritildi
21:17 / 2019-02-21

Ayni vaqtda forumning VIP ishtirokchilari jalb etilgan holda mahalliy va xorijiy OAV uchun matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.


Ayni vaqtda forumning VIP ishtirokchilari jalb etilgan holda mahalliy va xorijiy OAV uchun matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

Unda soʻzga chiqqan tadbir tashkilotchilari xorijdan kelgan mehmonlar soniga aniqlik kiritishdi. Maʼlum boʻlishicha, forumda ishtirok etish uchun 34ta davlatdan 120 nafarga yaqin vakil kelishibdi.

Buxoro viloyati hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Shahriyorov oʻtgan yil davomida yurtimizga turistlar qaysi mavsumda koʻproq kelishgani, ularni koʻproq nimalar qiziqtirgani boʻyicha tahlil va kuzatuvlar olib borilgani haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra oʻtgan yili Buxoroga kelgan sayyohlar qariyb 2,5 million nafarni tashkil etgan.

Forumni oʻtkazish uchun nega aynan Buxoro tanlandi, Oʻzbekistonning boshqa viloyatlari ham bunga talabgor boʻlishi mumkin edi-ku, qabilidagi savollarga Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari v.b. U.Qosimxoʻjayev javob qaytarar ekan, bunga Islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan 2020 yilda Buxoro Islom madaniyati poytaxti boʻlishi haqidagi eʼtirofi sabab boʻlganini qayd etdi. Kelgusida mazkur forum Samarqand va Xorazm viloyatlarida ham oʻtkazilishi moʻljallanmoqda.

Shu oʻrinda qayd etish joiz, yurtimizda sayyohlar uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratishga eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, dunyoning 45ta mamlakati vakillari Oʻzbekistonga vizasiz, 76ta davlat vakillari esa yengillashtirilgan elektron viza bilan kelishlariga ruxsat berildi.

Koʻrilgan bu kabi choralar tufayli 2018 yilda kelayotgan sayyohlar oqimi 2017 yilga nisbatan 199 foizga oshdi. Tur dasturlarida Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkentdagi tarixiy maskanlarga tashrif buyurish, madaniy-maʼrifiy maskanlar, madrasa, maqbara va muzeylarga borish bilan bir qatorda tabiat maskanlariga sayohatlar ham tobora ommalashib bormoqda.