Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
I-mintaqaviy (xalqaro) ilmiy-amaliy konferensiyasi yakuniga yetdi (+video)
21:27 / 2022-10-28

Joriy yilning 27-28 oktyabr kunlari poytaxtimizda “Professional ta’limni barqaror rivojlanishining mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiya ilk marotaba Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda utkazildi. “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish tarmoqlari uchun professional ta’lim” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda Respublikamizdagi vazirlik va idoralar mas’ullari, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi a’zolaridan iborat jami 196 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ygPdYVXtuPE" title="I-mintaqaviy (xalqaro) ilmiy-amaliy konferensiyasi yakuniga yetdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan tajribalar borasida fikrlar almashinildi.

Bundan tashqari, Yevropa davlatlari va Markaziy Osiyo mintaqasida professional ta’lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari va tendensiyalari, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish, professional ta’lim va biznes sektor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada yaxshilash, professional ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning zamonaviy usullari va sifatni ta’minlash borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida faol ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

M. Eshmirzayeva, D. Yakubov (video) O‘zA