English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“I FLY Airlines” avakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qo‘yildi
10:27 / 2021-11-09

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, yo‘lovchilarning huquqlari va tashuvchining majburiyatlariga rioya etishni ta’minlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2020 yilning oktyabr oyida aviakompaniyalarga O‘zbekiston aeroportlariga charter reyslarini amalga oshirish uchun vakolatli organ “O‘zaviatsiya” agentligidan tegishli ruxsatnoma olmasdan turib aviachiptalarni sotish amaliyotini tugatish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan.

“I FLY Airlines” aviakompaniyasi ushbu ogohlantirishga qaramay tegishli ruxsatnomalarni olmasdan qo‘pol ravishda talablarni buzib,  2021 yil noyabr oyida Moskva – Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch – Moskva, Navoiy – Moskva hamda Sankt-Peterburg – Navoiy – Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida charter parvozlari uchun aviachiptalar sotuvini tashkil etgan. Natijada aviachiptada ko‘rsatilgan vaqtda yo‘lovchilar aerovokzallarga kelishgan va belgilangan yo‘nalishda parvozning bajarilmasligi yo‘lovchilar o‘rtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelgan.

Shu munosabat bilan “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “I FLY Airlines” aviakompaniyasiga sanksiya tariqasida O‘zbekistonga charter parvozlarini amalga oshirishni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Aviakompaniyalar tomonidan bunday holatlar takrorlangan taqdirda “O‘zaviatsiya” agentligi parvozlarni amalga oshirish uchun berilgan ekpluatatsiya ruxsatnomalarni bekor qiladi.

Shu o‘rinda yo‘lovchilar va aviakassalar mutasaddilaridan aviachiptalarni sotib olish yoki sotishdan oldin “O‘zaviatsiya”  agentligi veb-saytining bosh sahifasidagi “Axborot jadvali” bo‘limida  rejalashtirilgan charter parvozlarining holati bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz, deyilgan xabarda.

O‘zA