Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
I Bolalar forumiga start berildi
14:42 / 2024-05-20

Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan Respublika bolalar forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bolalarni milliy g‘oya asosida Vatanga sodiq farzand etib tarbiyalash, ularning huquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan forumda 196 nafar hududiy Sardorlar kengashi a’zolari va 100 nafarga yaqin Respublika bolalar forumi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan faol bolalar ishtirok etmoqda.  

Tadbir avvalida hududiy va respublika sardorlarining faoliyatlari yuzasidan axboroti tinglandi va qabul qilindi. Ochilish marosimi so‘ngida iste’dodli yoshlar va estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida gala-konsert dasturi tashkil etildi.  

Forum davomida “Qadriyat, urf-odat, an’ana va bolalar!”  hududlarning milliy ko‘rgazmalari hamda raqslar tanlovi, “Tungi maktub” loyihasi, sardorlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Eng namunali hududiy Sardorlar kengashi” tanlovi, “Qo‘rqma” filmi taqdimoti, yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha “Ibrat” farzandlari faoliyati bilan tanishtirish hamda “Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvi tashkil etiladi.  

Shuningdek, bolalar uchun trenerlar tomonidan mahorat darslari tashkil etilib, Sardorlar kengashi a’zolari uchun vatanparvarlikni singdiruvchi, ekologik madaniyatni oshirish, yoshlarning yurtga sadoqat, madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini hamda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy yutuqlaridan faxr-iftixor hissini mustahkamlashga bag‘ishlangan turli uchrashuv, tanlov va seminar-treninglar o‘tkaziladi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA