Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchko‘priklik omilkorlar
15:28 / 2020-11-24

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Yangi yer” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi ahli meva-sabzavot yetishtirishda katta tajriba to‘plagan.

 Keyingi yillarda esa  ular  limonchilikning  ham  obi-tobini  olishdi.  Shu bois, ushbu qishloq xonadonlarining har birida 2-3 tadan kichik issiqxonalar mavjud.

Ayni kunlarda uchko‘priklik tomorqachilar elimiz dasturxoniga sifatli, shifobaxsh ne’mat – limon tortiq qilishmoqda.  

[gallery-142]

Omilkorlardan Ahadjon Rasulov ham 2 sotix maydonda issiqxona tashkil etgan. Limonlarni to‘ng‘ich o‘g‘li bilan parvarish qilib, yaxshigina daromad topmoqda. Tomorqachining aytishicha, bu yilgi hosil cho‘g‘i o‘tgan yildagidan ham mo‘l. Niyati, bu yilgi daromadi hisobiga yana bitta issiqxona barpo etib, oilasi turmush darajasini yanada farovon etish.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA