26 noyabr kuniga o‘tar ko‘chasi A-373 «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududining ayrim qismlarida qor yog‘di.
Ayni paytda ham dovon yo‘llarining ba’zi joylarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘moqda.
Xususan, «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 218-253 km. qismida qor yog‘ib, tuman tushgan. Yo‘llarda ko‘rinish 300 metrni tashkil qilib, havo harorati 1 daraja sovuq.

Yo‘llarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi davom etmoqda. "Qamchiqavtoyo‘l" ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi "Qamchiq" dovoni yo‘llarini qordan tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.
Hozir yo‘llar muntazam tozalab turilgani uchun transport vositalarining beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta’minlanmoqda.
“Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi dovon yo‘liga otlangan haydovchilardan hushyorlikni yanada oshirishlarini hamda ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raydi.
A.Musayev, O‘zA