"Kpler" dengiz tahlil kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, Hurmuz bo‘g‘ozi orqali tankerlarda yuk tashish o‘tgan haftaga nisbatan taxminan 90 foiz kamaydi, deb yozgan "Kazinform".
Hurmuz bo‘g‘ozi orqali transport vositalari qatnovi tobora siyraklashmoqda. Ko‘plab gaz va neft ortilgan kemalar ehtimoliy hujum tahdidi tufayli suv yo‘lidan o‘tish xavfidan qochishyapti.
Keskin pasayish yirik sug‘urta kompaniyalari Fors ko‘rfazida faoliyat yurituvchi kemalar uchun urush xavfi sug‘urtasini bekor qila boshlagandan keyin yuz berdi. Shu tariqa global neft savdosining taxminan beshdan bir qismi ta’minlanadigan tor bo‘g‘ozdan o‘tish xavfi sezilarli darajada ortdi.
Harbiy harakat boshlanishidan oldin ushbu yo‘lakdan kuniga o‘rtacha 24 tanker o‘tgan.
So‘nggi 24 soat ichida "BBC Verify" kuzatuv ma’lumoti Hurmuzda ikki yuk kemasini aniqlab, tankerlar bo‘g‘ozi orqali sharqdan g‘arbga, Fors ko‘rfaziga o‘tayotganini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz kuchlari vakili Muhammad Akbarzoda avvalroq Eron bo‘g‘ozni "to‘liq nazorat qilishi"ni aytgan va hududdan o‘tayotgan kemalar raketa yoki dron hujumiga duchor bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.
shuningdek, Eron tomoni ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirgan 10 ta neft tankeri allaqachon hujumga uchraganini ham bildirgan.
G.Sattorova, O‘zA