Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hurmuz bo‘g‘ozida vaziyat qanday?
18:10 / 2025-06-17

Hozir Hurmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati odatdagidek davom etmoqda, biroq Eron va Isroil ziddiyati davom etsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Qatar TIV vakili Majid Al-Ansoriy jurnalistlarga ma’lum qildi.

Shuningdek, u Isroil tomonidan mamlakat energetika ob’ektlariga uyushtirilgan hujumlar energiya ta’minoti xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkinligidan ogohlantirdi:

- Hurmuz jahon bozoriga neft mahsulotlarining 30, gazning 25 foizini yetkazib beradi. Shuning uchun bo‘g‘ozdagi vaziyat o‘zgarishi global xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin.