Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi
20:31 / 2021-05-13

Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati birinchiligi uchun o‘tkazilgan musobaqada 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasi birinchi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi jamoasi ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA