Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrining barcha mahallasini yil oxiriga qadar qamrab olishga mo‘ljallangan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda «Adliya kuni», «Sayyor qabul», «Uyma-yurish»hamda haftaning har chorshanba kuni «Huquqiy targ‘ibot kuni» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha reja-jadvallar tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish yo‘nalishi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tasdiqlangan reja-jadvallarga asosan tadbirlarni o‘tkazish xodimlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mahallalarga biriktirilgan xodimlar tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda mahallada mavjud ma’lumotlar asosida shakllantirilgan muammoli xonadonlar ro‘yxati asosida uyma-uy yurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Uyma-uy yurish reja-grafigiga asosan bir kunda o‘rtacha hisobda 8 tadan 15 tagacha mahallada muammolar o‘rganilmoqda.
Aholidan kelib tushgan muammolar mahalla yettiligi, shuningdek, boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rib borilmoqda.

Bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish yo‘nalishida «Temir daftar»,«Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashilib, ularning muammolarini hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Mahallalarga biriktirilgan xodimning ish unumdorligini ta’minlash maqsadida mahalla yettiligi ishtirokida telegram guruhi tashkil etilib, unga kelib tushayotgan muammoli masalalar qisqa muddatlarda qonuniy yechimini topishi uchun maslahatlar berib borilmoqda.

«Madad» NNT bilan hamkorlikda aholidan eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan mahallalarga joyiga chiqqan holda yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.
N. Abduraimova, O‘zA