Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi» ko‘krak nishonining navbatdagi egalari aniqlandi
11:08 / 2024-12-04

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimi yaratildi.

Fuqarolar ongida «Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!» degan hayotiy g‘oyani mustahkamlashga qaratilgan ishlar kuchaytirildi.  

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan «Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi.  

Mazkur ko‘krak nishoni bilan 2019 yildan beri huquqiy targ‘ibot ishlariga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz taqdirlanmoqda.  

Adliya vazirligi joriy yilda ushbu ko‘krak nishoni bilan tadirlanganlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy sud, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Notarial palata vakillari, huquqshunoslar va jurnalistlar bor.  

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.  

N.Abduraimova, O‘zA