Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy targ‘ibot a’lochilari aniqlandi
15:47 / 2025-12-04

Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlarning bir guruh xodimlari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni asosida ta’sis etilgan.

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

N.Abduraimova, O‘zA