Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy targ‘ibot a’lochilari aniqlandi
10:35 / 2023-12-05

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Jumladan:  

Bobojonov Otabek Davronbekovich – Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti dekani, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;  

Ergasheva Dilfuza Rustamovna – “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i;  

Qosimov Nazirjon Boltaboy o‘g‘li – Bojxona qo‘mitasi yuridik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;  

Normurodova Inobat Qodirovna – “O‘zbekiston” telekanali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati siyosiy sharhlovchisi;  

Sattarova Nilufar Alimovna – Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasining huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi;  

Sultonov G‘ulom Ikromovich – Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi direktori;  

Ziyodullayev Suhrob Abdikarimovich – Soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori;  

Shamsutdinov Hayot Ne’matovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni asosida ta’sis etilgan.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA