English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Huquqiy mahalla” loyihasi amalda
12:19 / 2025-10-15

Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy bilimi va faolligini oshirish, shuningdek, muammolarni o‘rganib, joyida hal etish maqsadida tanlab olingan hudud — Mirzaobod tumanidagi “Oydin” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida adliya xodimlari mahalla aholisi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazib, uyma-uy yurib fuqarolarning dolzarb muammolarini o‘rgandilar. So‘rovnomalar orqali aholining huquqiy savodxonlik darajasi tahlil qilindi, aniqlangan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Mahalladagi ijtimoiy-huquqiy muammolarni hal etishda “mahalla yettiligi” tizimi muhim o‘rin tutadi. “Oydin” mahallasining mazkur tizim asosidagi faoliyati Adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan metodik yordam hisobiga samarali tashkil etilmoqda. Bu esa mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, aholi bilan ishlashning yangi, tizimli usullarini shakllantirmoqda.

Shuningdek, “Adliya kuni” tadbiri doirasida fuqarolarga huquqshunoslar tomonidan bepul maslahatlar berildi. Aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida seminarlar, ochiq muloqotlar va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Metodik qo‘llab-quvvatlash va tizimli ishlar natijasida mahallada huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikning oldi olinayotgani, fuqarolarning huquqiy muammolari esa tezkor hal etilayotgani kuzatilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, “Huquqiy mahalla” loyihasi aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy masalalarni amalda hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA