Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy jihatdan ko‘makka muhtojlar uchun doimiy sayyor qabullar tashkil etilmoqda
20:49 / 2022-10-07

Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan “Mening mahallam – mening sudyam” shiori ostida huquqiy jihatdan ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelinadi.

Bunday qabullat tashkil etilishida maqsad esa bitta – fuqarolarni sarson qilmay, mavjud muammolarni joyiga borgan holda o‘rganish va bartaraf etish.

Shu yilning 21 sentyabrdan boshlab, Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan poytaxtning har bir tumaniga alohida-alohida borgan holda sayyor qabul o‘tkazilyapti. Bugunga qadar Yashnobod, Yunusobod tumanlari fuqarolarining huquqiy masalalardagi muammolari o‘rganildi.

– 7 oktyabrda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tgan sayyor qabulda jami 24 nafar fuqaro qabul qilindi, – deydi Toshkent shahar sudi matbuot xizmati rahbari Sadoqat Allaberganova. – Qabul qilingan fuqarolarning 10 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha, 9 nafari fuqarolik ishlari bo‘yicha, 3 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha va 2 nafari ma’muriy sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi. Shundan 15 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 9 nafar fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami murojaatdan 15 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 9 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojaatlar qanoatlantirildi

Shuningdek, sayyor qabul doirasida sayyor sud ham bo‘lib o‘tdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tuman sudi sudyalari tomonidan 9 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha M. Ulug‘bek tuman sudi sudyaci Muzaffar Kukiyev raisligida 25 yoshli mahkumning ishi ko‘rib chiqildi. U jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan firibgarlik, suiqasd, pora berishga dalolat qilish jinoyatlarini sodir qilganlikda ayblanib, 2 yil 6 oy muddatga oylik ish haqidan 20 foiz davlat foydasiga undirilgan holda axloq tuzatish ishlari jazosi va 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

– Jazo o‘tash mobaynida o‘zim yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qildim, yashash va ish joyimdan ijobiy tavsiflandim, –  deydi mahkum. – Ish haqimdan 20 foiz chegirma har oy davlat hisob raqamiga o‘z vaqtida o‘tib keldi. Tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining 7 oktyabrga qadar o‘talgan muddati 1 yil 3 oy 6 kunni tashkil etadi. Bugun o‘tgan sayyor sudda o‘talmay qolgan 1 yil 2 oy 24 kun axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildim. Buning uchun suddan minnatdorman va bundan buyon jinoyat ko‘chasiga kirmaslik uchun o‘zimga yetarlicha xulosalar chiqarib oldim.

Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan o‘tkaziladigan galdagi sayyor qabul esa 14 oktyabrda Bektemir tuman fuqarolari uchun o‘tkaziladi.