Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy bilimlarni oshiramiz...
12:48 / 2022-08-17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 27 iyuldagi «Huquqiy bilimlar kuni»ni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar «Bilim» AKMda «Huquqiy bilimlarni oshirish kuni» belgilab olindi.

Rejaga asosan 2022 yil 16 avgust kuni «Bilim» AKM xodimlari uchun «Axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish fuqarolarning axborotdan erkin foydalanishi va konstitutsiyaviy huquqlarini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish» mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Direktor o‘rinbosari V. Muratova xodimlarni «Huquqiy bilimlarini oshirish kuni» shiori ostidagi tadbirlar konsepsiyasi bilan tanishtirdi. Tadbir davomida yuristkonsult A. Umrzoqov kutubxona xodimlarining axborot-kutubxona faoliyatida huquqiy muammolar haqidagi savollariga yuridik maslahatlar berdi. Shuningdek, Axborot-bibliografiya xizmati bosh bibliografi Sh. Yunusaliyeva seminar ishtirokchilariga xizmat tarkibidagi huquqiy axborotlar sektorining maqsad va vazifalari, uning huquqlari haqida tushuntirdi.

Tadbir so‘ngida AKM rahbari H. Karimova huquqiy savodxonlikni oshirishga oid bunday tadbirlar kelgusida nafaqat xodimlar, balki kutubxona foydalanuvchilarning huquqiy bilimlarini egallashida mustahkam zamin yaratishini ta’kidladi.

S. Xudoyberdiyeva, 

Toshkent shahar «Bilim» AKM direktor o‘rinbosari