Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy axborot tarqatish bo‘yicha xalqaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi
22:20 / 2020-12-24

Adliya vazirligida Rossiya, Qozog‘iston hamda Belarus davlatlari mutaxassislari ishtirokida vebinar o‘tkazildi

Unda huquqiy axborot tarqatish, mazkur sohada tajriba almashish masalalari muhokama etildi. 

Tadbirning birinchi yarmida Belarus huquqiy axborot milliy markazi, Qozog‘iston “Huquqiy axborot va qonunchilik instituti”, shuningdek, Rossiya adliya vazirligi vakillari huquqiy axborot tarqatish tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari haqida ma’lumot berdi.

Vebinar davomida O‘zbekistonda norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingani ma’lum qilindi.  “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (www.Lex.uz) ramiy manba maqomi berildi.

Joriy yilda hukumat qarori bilan “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar turlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Bundan buyon markaz huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, turli huquqiy hujjatlarning shakllari (namunalari), shuningdek, yuridik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish sohasida konsalting xizmati ko‘rsatadi. 

Tadbir davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini norma ijodkorligi jarayoniga joriy etishning dolzarbligi ta’kidlandi. 

Bu borada O‘zbekistonda huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi – Project.gov.uz amaliyotga tatbiq etilgan. Qonun loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz) modernizatsiya qilindi. 

Belarusda normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritish to‘liq elektron formatga o‘tgan. Rossiya va Qozog‘istonda sun’iy intellekt imkoniyatlari norma ijodkorligi hamda huquqiy maslahat va adliya organlari faoliyatining boshqa sohalarini ta’minlashda keng qo‘llanmoqda.

Ishtirokchilari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha aniq takliflar bildirdi. Tadbir yakunida fikrlar umumlashtirilib, Adliya vazirligi va “Adolat” markazining 2021 yildagi rejasiga kiritilishi belgilandi.

  Muattar Burhonova, O‘zA