Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy axborot nashrlari yarmarkasi
12:07 / 2021-06-18

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudi binosida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan tashkil etilgan huquqiy nashrlar savdo yarmarkasida turli adabiyotlar, darsliklar hamda yangidan nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasining kodekslari to‘plamlari sotildi.

Ma’lumki, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi – aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e’lon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanadi.

Markaz normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarni barcha davlat organlari,  tashkilotlariga bosma hamda elektron shaklda yetkazilishini ta’minlab kelayotir. Markaz tomonidan yarmarkalar tashkil etilishi yangi huquqiy nashrlar bilan soha xodimlarini, barcha qiziquvchilarni tanishtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Ushbu yarmarkada ham turli huquqiy adabiyotlar, darsliklar hamda yangidan nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasining kodekslari to‘plamlari namoyish etildi. Yarmarkada adliya, sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari, MIB va Davlat xizmatlari agentligi xodimlari, Jizzax yuridik texnikumi o‘qituvchi va o‘quvchilari zarur qiziqtirgan kitob, risola, to‘plamlarni xarid qilishda markaz xodimlari bilan maslahatlashish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar to‘plami yig‘ilganlarga qulay narxlarda taklif etildi. Shuningdek, zarur adabiyotlarga buyurtmalar qabul qilindi.

Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA