Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi - osuda hayot kafolati
15:50 / 2026-02-07

Prezidentimizning 2026 yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Haftalikda viloyat mahallalarida jinoyatchilikni keskin kamaytirish uchun xavfsiz muhitni ishonchli ta’minlab, manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini samarali joriy etish va jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Boysun tumanida tashkil etilgan haftalik doirasida tuman hokimi, huquq-tartibot idoralari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari “qizil” toifaga kiritilgan Yuqori Machay mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi bandligi va boshqa muammolari bilan qiziqdi. 

Ishsiz kishilar ro‘yxati shakllantirilib, ularning bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ijtimoiy profilaktika hisobida turuvchi shaxslarning muammolariga yechim topish uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Mahallaning uyushmagan yoshlari “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga yo‘naltirilgan “Zakovat” o‘yinida o‘zaro bahslashdi. 

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan va yoshi ulug‘ nuroniylar uchun chuqurlashtirilgan  bepul tibbiy ko‘rik, notinch, shuningdek, sudda nizolashayotgan oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy-maishiy tusdagi jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tuman hokimi qabuli tashkil etildi.

Viloyatning Sho‘rchi, Bandixon, Angor, Muzrabot kabi tumanlarida o‘tkazilayotgan haftalikda ham mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishga, sog‘lom va osuda hayot tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA