English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda hududlar tajribasini o‘rganish lozim
16:13 / 2019-09-26

Mamlakatimizda jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.


Mamlakatimizda jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Buning uchun huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish immunitetini mustahkamlash, xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish tuyg‘usini shakllantirish davr talabi bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Navoiy viloyatida sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv yig‘inlarida tumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining tashkiliy bo‘lim (bo‘linma)lar boshliqlari, jinoyat-qidiruv bo‘limlari tezkor vakillari, tergov bo‘linmalarining tergovchi va surishtiruvchilari, xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tahlil va muvofiqlashtirish bo‘linmalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, IIV Malaka oshirish instituti tashabbusi bilan ushbu sayyor o‘quv yig‘inlari doirasida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha inspektorlar uchun ham alohida seminar-treninglar tashkillashtirildi.

– Seminar-trening mashg‘ulotlarida ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha inspektorlarning vazifalari va ularni bajarish mexanizmlari, normativ-huquqiy hujjatlarning talablari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi, – deydi Navoiy viloyati Navbahor tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, leytenant Yulduz Gaffarova. – O‘ylaymanki, olgan bilimlarimiz xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini barvaqt oldini olish, ularning muammolarini o‘rganish va bartaraf etishga xizmat qiladi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o‘quv yig‘inlari davom etmoqda.

IIV Malaka oshirish instituti 
Matbuot xizmati.