Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari hamda magistratura yo‘nalishi tinglovchilari uchun onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Andijon viloyati IIB tizimidagi sohaviy xizmatlarning amaliy boy tajribaga ega xodimlari, mutaxassislari tomonidan IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim yo‘nalishi kursantlari hamda magistratura tinglovchilari ishtirokida onlayn mahorat darslari o‘tkazib borilishi belgilangan.
Belgilangan reja asosida tashkil etilgan navbatdagi onlayn mahorat darsi ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.
Savol-javob, muhokamalar asosida o‘tgan darsda viloyat ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan amaliy tajribalar asosida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan kursant va tinglovchilarga keng bilim, tushunchalar berildi.
[gallery-21147]
F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari