Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmoqda
09:33 / 2024-10-10

Navoiy viloyati Zarafshon shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan muntazam ravishda tungi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilib, qator qonunbuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

O‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida huquqbuzar K.N. hech qanday ruxsatsiz saksovul butalarini o‘ziga tegishli bo‘lgan “GAZ” rusumli yuk mashinasi yordamida Zarafshon shahar Muruntog‘ qo‘rg‘oni hududiga olib kirib kelayotgan vaqtida to‘xtatildi.  

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 million 375 ming so‘m jarima hamda 10,5 million so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.  

Shuningdek, davlat inspektorlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tungi reyd davomida huquqbuzar K.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Niva” rusumli avtomashinasi bilan Konimex tumani “Karagata” OFY hududidan noqonuniy ravishda 6 dona yovvoyi quyonni ovlab kelayotgan vaqtida Zarafshon shahar 1-kichik tuman hududida to‘xtatildi.  

Ushbu holat bo‘yicha huquqbuzarning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilib, unga tegishli bo‘lgan ov quroli IIB xodimlariga topshirildi.  

Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasining 4-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, 2 million 250 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.  

To‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri