Huquqbuzarlarga ma’muriy qamoq jazosi belgilandi
Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan ov qilish talablarining buzilishini oldini olish maqsadida tumanning Setalon cho‘l hududida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida ikki nafar fuqaroning ov qilish taqiqlangan davrda noqonuniy ravishda ov bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.
Inspektorlar huquqbuzarlarni to‘xtatishga uringan, biroq ular qonuniy talabga bo‘ysunmay, voqea joyidan yashiringan. Shuningdek, ayni shu huquqbuzarlar tungi soat 01:30 larda inspektorlardan birining yashash xonadoniga borib, haqoratli so‘zlar aytib janjal ko‘targan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida qonunbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga muvofiq javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga asosan har ikkala fuqaro 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolandi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.