Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqbuzarlar jarimaga tortildi
11:33 / 2023-05-26

Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya hamda IIB hamkorligida Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda baliq ovlash taqiqlangan vaqtda fuqaro N.X. tomonidan sintetik to‘r yordamida suv havzasida baliq ovlaganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar tuman jinoyat sudiga yuborildi. Shuningdek, Tomdi tumani tabiat resurslari inspeksiyasi davlat inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida “Tomdibuloq” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirida ham qonun buzilish holati aniqlangan.  

Unda fuqarolar M.J., B.B. va B.Ch. tomonidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasida noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shag‘al foydali qazilmalarini olib ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9,9 million so‘m jarima hamda 13,8 million so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.  

A.Bo‘riyev, O‘zA