Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquq va erkinlikni ta’minlash yoxud qiynoqlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari
11:13 / 2025-11-21

Mamlakatimizda inson uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati uning ajralmas huquqi va oliy qadriyat sifatida Konstitutsiyada mustahkamlangan. Bu huquqlar xalqaro huquq normalarida ham o‘rnatilgan.

BMTning qiynoqqa solishni cheklash, shafqatsiz yoki g‘ayriinsoniy muomala, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi jazo turlaridan himoya qilish asosiy maqsadi bo‘lgan  “Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi” konvensiyasi 1984 yil 10 dekbrda qabul qilinib, 1987 yil 27 iyun kunidan kuchga kirgan. Bu kun har yili 26 iyunda “Xalqaro qiynoqlarga qarshi kurash kuni” sifatida  nishonlanadi.

Konvensiyaning 1-moddasida qiynoq — davlat mansabdor shaxsi yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladigan, insondan ma’lumot yoki iqror olish, jazolash yoki qo‘rqitish maqsadida jismoniy yoki ruhiy og‘riq yetkazishdir.”deb belgilangan. Konvensiyaning 12–moddasida “har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo‘lgan har qaysi hududda qiynoq qo‘llangan deb o‘ylashga yetarlicha asos bo‘lganda uning organlari tez va xolis tekshiruv o‘tkazishlarini ta’minlashi” ko‘rsatilgan.  Shaxsga nisbatan har qanday qiynoq ko‘rinishlarini cheklash va unga yo‘l qo‘ymaslikka oid konstitutsiyaviy normalar bilan to‘ldirib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi  mazkur Konvensiyaga 1995 yil 28 sentyabrda qo‘shilib ratifikatsiya qilgan. Davlat qiynoqlarni butunlay taqiqlash va ularning oldini olish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi” deb mustahkamlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida alohida aybsizlik prezumsiyasiga qadarli bo‘lgan davrda shaxs huquqi daxlsizligi, har qanday qiynoqlarga qarshi kurashish, unga yo‘l qo‘ymaslik boshqa shafqatsiz g‘ayriinsoniy muomalani taqiqlovchi konstitutsion imperiativ qoida kiritildi. Shunga ko‘ra, Konstitutsiyaning 26-moddasida “Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas”, deb aloxida yangi modda bilan to‘ldirildi.

Ya’ni, xalqaro huquq va milliy qonunchilikning asosiy talabi shaxsning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilmasligini, uning huquq va erkini, sha’ni va qadr qimmatini biror-bir ko‘rinishda cheklashga yo‘l qo‘yilmasligini talab qilib, shaxsiy huquq va erkinliklar kafolatlandi.          

Halqaro huquq normalarga ko‘ra shaxsga nisbatan qiynoqqa qarshi kurashish va mazkur holatlarga yo‘l qo‘yishni taqiqlashdan iborat qoidalar mavjud.

O‘zbekiston konvensiya qoidalarini e’tirof etib, O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining 235-moddasida qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga ayblanuvchini ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo choralari belgilangan. 

Jazolarni ijro etilishida mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarga zid bo‘lishi mumkin emasligi, mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qonunchilikda belgilangan.

Inson huquqlarini ta’minlashda islohotlar bevosita 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga chambarchas bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi 2020 yilda qabul qilingani ham muhim qadamlardan biridir. Milliy strategiyaning 58-bandida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish belgilangan.

Mexanizmning ijrosida yurtboshimizning 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini xalqaro huquqning inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirish, aybdor shaxslarning muqarrar javobgarlikka tortilishida Ombudsman huzurida milliy preventiv mexanizm faoliyati takomillashtirildi.

2023 yildan boshlab O‘zbekiston qiynoqlarga qarshi qo‘mitaga davlat hisobotini taqdim etishni yo‘lga qo‘ygan. Afsuski, O‘zbekistonda mazkur jinoyat uchun jazo muqarrarligi va protsessual qoidalar belgilangan bo‘lsa-da, jamiyatda qiynoqqa solish jinoyatlari afsuski sodir etish holatlari aniqlangan. Misol uchun, Bosh prokuratura ishonch telefoniga 2022 yilda yanvar - avgust oylarida “qiynoq” holatlari haqida 126 ta shikoyatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlar o‘rganilib 4 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qiynoq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va kelgusida har qanday qiynoq holatlarining oldini olishda kelgusida bir qator quyidagi vazifalarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi: 

1. Javobgarlikni kuchaytirish:

qiynoqni har qanday ko‘rinishda sodir qilgan shaxslar va rahbarlar uchun qat’iy jazo choralari (qonun doirasida) qo‘llash, ular bilan shaxsiy ma’suliyat oshirish yuzasidan chora-tadbir ishlab chiqish, har qanday qiynoq ya’ni qonuniy talab buzilishi holatida sodir etilmasligini inobatga olib shaffof tergov va sud jarayoni ta’minlash,  hodisalarni aniqlash va xabar berish,  jabrlanganlar va ularning oila a’zolari uchun konfidensial xabar berish telekomunikatsiya tizimini yaratish, TX va VSXlarda ovoz yozish kameralarini joriy qilish. 

JKning 235-moddasining 1-qismini og‘ir, 2-3-qismlarini o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, saqlashga mas’ul raxbar va xodimlarni javobgarlik masalasini qatiiy belgilash, 

saqlanayotgan shaxs bilan uchrashgan xodimlarda majburiy bo‘lgan bodi-kameralardan foydalanishni belgilash va uchrashuvlar uchun maxsus kuzatuvchi “maxsus vakil va vositalar”ni joriy qilish. 

inson huquqlarini himoya qilishga oid vakillar va advokatlar uchun xavfsizlik kafolatlarini har qanday sharoitda ta’minlash, xalqaro standartlarni qo‘llab qiynoqlarni oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik choralarini joriy qilish.

2. Huquqiy choralar belgilab qonunchilikni mukammallashtirishda qiynoqlarni aniq va keng tushuntirilgan jihatlar bilan taqiqlash, ehtimoliy jabrlanishi mumkin bo‘lgan shaxslarga qonuniy himoya  va kompensatsiya mexanizmlarini  axborot berish vositalarini joriy qilish.

3. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ta’lim, tarbiya choralarini ta’lim muassasalaridan boshlab inson huquqlari oliy qadriyat ekanligini tizimli o‘rgatilib uzviy ta’limni yo‘lga qo‘yishda: 

ma’rifat va huquqiy savodxonlik, qiynoqning inson huquqlariga va jamiyatga zarari haqida targ‘ibot, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarini inson huquqlari va etika bo‘yicha muntazam tayyorlash;

qiynoq usullarini rad etish, intizom va nazoratni insonparvarlik prinsipi asosida tashkil qilish;

surishtiruv va tergov yakunlanganidan keyin jabrlanuvchiga nisbatan qiynoq o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligi haqida xulosa tuzish, vakolatli shaxslarga oid qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik va qiynoqni oldini olishga oid o‘quv kurslarini joriy qilish lozim. 

Qiynoqlarning shakli va turlarini huquq tizimiga qo‘llashda hisobga olishning o‘zi hos hususiyatlari aniqlash - shaxsni qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, xatti-harakatlarni ijtimoiy munosabatlarga oid turlarga ajratish zarur,  qiynoq maqsadiga ya’ni jabrlanuvchiga nisbatan ushbu harakatlar oqibatidan huquqbuzar yoki ayblanuvchi kutgan natijasiga ko‘ra jinoyat, fuqarolik, ma’muriy javobgarlik holatlarini keltirib chiqaruvchi qonun normalarini joriy qilish ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ob’ektiv huquqiy baho berishda zarur hisoblanadi.

Nodirbek Bobomirzayev

 Odil sudlov akademiyasi tinglovchisi