Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquq ustuvorligini mustahkamlash doirasida
08:32 / 2022-03-26

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Oliy sud, “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, YeXHTning O‘zbekiston va Tojikistondagi loyihalari koordinatori, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi mintaqaviy vakilligi hamda boshqa hamkorlar tomonidan xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Ushbu yirik anjuman Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni o‘rganish masalalariga bag‘ishlandi.
“Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda huquq ustuvorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda yuzga yaqin xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etdi.

[gallery-6309]

Ta’kidlanganidek, mazkur konferensiyaning Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan O‘zbekistonda tashkil etilgani bejiz emas. Zotan, buni mamlakatimizda inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi izchil islohotlarning amaliy natijasi sifatida ham ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina o‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonda ko‘rilgan jinoyat ishlarida jami mahkumlarning 71 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlari qo‘llanilgan.

Tadbir davomida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlaridan soha ekspertlarining ma’ruzalari tinglandi.

Xalqaro konferensiya o‘z ishini seksiyalarga bo‘lingan holda olib bordi. Unda sud ishlarini yuritishda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil choralarni qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba, amaliyot va qonunchilik, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar huquqlarini ta’minlashda Ombudsmanning o‘rni muhokama qilindi.



 

Otabek MIRSOATOV(surat),O‘zA