English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquq-tartibot idoralari rahbarlarining hisoboti tinglandi
16:00 / 2024-01-19

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada viloyat prokurori, ichki ishlar, adliya, soliq boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari tinglandi, shuningdek, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan  Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023 yildagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.  

Andijon viloyati prokurori M. Xo‘jayevning «2023 yilda viloyatdagi qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning holati to‘g‘risida»gi hisobotida viloyatda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlandi.    

Asosiy e’tibor aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligini ta’minlashga doir qonunlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan. Xususan, nazorat faoliyati yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 9,5 mingga yaqin prokuror nazorati hujjati qo‘llanib, 10 ming nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.  

[gallery-15541]

Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Ismanovning «2023 yil davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida»gi hisobotida yakunlangan yilda  viloyatda 7 ming 487 ta jinoyat ro‘yxatga olinib, shundan 54 foizi jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar ekanligi qayd etildi.  

Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘z hisobotida 2023 yil davomida 1 ming 76 marotaba sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazilganligini aytib o‘tdi. Ana shu sayyor qabul va uchrashuvlarda fuqarolar tomonidan 9 ming 675 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 8 ming 795 tasi yoki 91 foizi hal etilgan, 669 tasiga tushuntirishlar berilgan, qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olingan.  

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O.Bozorovning hisobotida adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo‘limlariga 2023 yil davomida jami 6 ming 171 ta murojaat kelib tushganligi qayd etildi. Ushbu murojaatlarning 2 ming 913 tasi inson huquqlarini himoya qilishga, 1 ming 778 tasi davlat xizmatlari ko‘rsatishga, 669 tasi huquqni qo‘llash amaliyotiga, 811 tasini boshqa sohalarga oid murojaatlar tashkil etgan. Murojaatlarning 5 ming 886 tasi yoki 95,3 foizi hal etilgan va qanoatlantirilgan.  

Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar atroflicha tahlil etilib, muhim vazifalar belgilab olindi.    

Sessiyada "2024 yil Andijon viloyatining mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida"gi, shuningdek, ko‘rilgan boshqa barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),  

O‘zA muxbirlari