Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hunarmandlikni rivojlantirish yo‘lida
11:19 / 2014-10-08

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida xotin-qizlar o‘rtasida hunarmandlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida xotin-qizlar o‘rtasida hunarmandlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xotin-qizlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida o‘z ishini yo‘lga qo‘ygan va yuqori natijalarga erishayotgan xotin-qizlar faoliyatidan namunalar namoyish etildi.

Sirdaryolik tajribali hunarmand O‘ktam Shodmonqulov, xorazmlik mashhur qo‘g‘irchoqboz Mansur Quryozov, nukuslik tadbirkor Zuhra Sultashova tomonidan mahorat darslari o‘tildi.

– Mohir ustalar xotin-qizlarga milliy kashtachilik sirlarini, qo‘g‘irchoq tayyorlash va baqachanoqlardan esdalik buyumlari yasash usullarini o‘rgatdi, – deydi Mo‘ynoq tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Kunsuluv Nosirova. – Mahorat saboqlari olgan ayollar endi hunarmandlik bilan shug‘ullanib, oila byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.