Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hunarmandlar uchun seminar tashkil etildi
15:21 / 2025-10-23

Poytaxtimizda “Hunarmand” uyushmasining barcha hududiy boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan kadrlar va ijro intizomi bo‘yicha mas’ul mutaxassislar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir boy madaniy merosimiz va tarixiy an’analarimizni to‘liq saqlab qolish va ko‘paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Unda “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov ishtirok etib, sohada kadrlar salohiyatini oshirish, mas’uliyat va ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Seminar davomida hududlarda davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyishlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri va zamonaviy talablar asosida rasmiylashtirish tartibi yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, seminar davomida ijro intizomini mustahkamlash, hujjat aylanishini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar malakasini oshirish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA