Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hunarmandchilik tarixiga muhrlangan kitob va konferensiya (+video)
17:53 / 2025-09-19

Qo‘qon III xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida uning birinchi kuni O‘zbekiston hunarmandchiligi an’analari va rivoji haqida batafsil ma’lumot beruvchi “O‘zbekiston hunarmandchiligi” kitob-albomi taqdim etildi.

Mazkur nashrda yurtimizda asrlar davomida shakllanib kelgan hunarmandchilik maktablari, usta-shogird an’analari, turli hududlardagi badiiy uslublar va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari haqida boy ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Kitob taqdimotida so‘z olgan Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bunday kitob-albomlar xalqning ming yillar davomida ortirgan tajriba va mahoratini tarixga muhrlaydi, dedi. Jahon hunarmandlar kengashi raisi Saad al Qaddumi “O‘zbekiston hunarmandchiligi” kitobi boshqa tillarga ham tarjima qilinishini va dunyo mamlakatlari hunarmandlari uchun u foydali ekanini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng pokistonlik kinoijodkorlar yaratgan yog‘och o‘ymakorligiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.  

Festivalning muhim voqealaridan biri  ilmiy-amaliy anjuman edi.  

Qo‘qon davlat musiqali drama teatrida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilayotir. Unda Fransiya, Avstriya, Eron, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 38 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. Mazkur konferensiyada yo‘qolib borayotgan an’anaviy hunar turlarini asrab-avaylash, ularni zamonaviy sharoitda qayta talqin qilish, muzey eksponatlarini saqlash va turizm salohiyatini oshirish masalalari muhokama etilmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/S8JWupI-ScU" title="Hunarmandchilik tarixiga muhrlangan kitob va konferensiya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (surat, video), O‘zA