Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hunarmand” uyushmasi 40 ming dollarlik grant yutib oldi
14:14 / 2026-03-10

“Hunarmand” uyushmasi "The ALIPH–EU Central Asia Call for Projects" tanlovida “Ikat Connection” loyihasi bilan grant g‘olibi bo‘ldi.

Amalga oshirilayotgan mazkur loyiha orqali Markaziy Osiyoda an’anaviy ikat hunarmandchiligini saqlash, tiklash va zamonaviy rivojlanish bilan uyg‘unlashtirish maqsad qilingan.

“Ikat Connection” loyihasi doirasida tarixiy manbalar va muzey kolleksiyalarini o‘rganish, ustalar va tadqiqotchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, an’anaviy ikat to‘qish usullarini hujjatlashtirish hamda yosh avlodga bilim va ko‘nikmalarni yetkazish ishlari rejalashtirilgan.

Ayni paytda loyiha doirasida tashkiliy jarayonlar boshlandi hamda xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Mutaxassislar jalb qilinib, hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur loyiha nafaqat madaniy merosni asrash, balki uni bugungi iqtisodiy va ijodiy jarayonlar bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA