FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida ham davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yakka tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan, o‘zini o‘zi band qilib, oilasiga yaxshi daromad kiritayotgan xotin-qizlar safi ortmoqda.
“Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Bayramgul Bekbergenova, tajribali hunarmand va “Shuhrat” medali sohibasi Oltinoy Navbetovaga shogirdlikka tushib, kigiz bosish hunari sir-asrorlarini o‘rgandi.
Hozirda Bayramgulning o‘zi ham mahoratli hunarmand sifatida yetishgan. U mahallada bo‘sh turgan binoda ustaxona tashkil etib, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi. Ular kigiz bosish, ipak va qo‘y yungidan milliy naqshlar tushirilgan ayollar kiyimlar, turli telpak va sharflar tikish bilan shug‘ullanadi.
[gallery-26994]
Hunarmandning qo‘l mahsulotlariga talab yuqori.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA