Humoyun Sultonov Serbiyada ikkinchi bo‘ldi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Serbiyada tashkil etilgan musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov juftliklar o‘rtasida vitse-chempionga aylandi.
Humoyun musobaqaning juftlik bahslarida gruziyalik Saba Purtseladze bilan birgalikda chorak finalda serbiyalik tennischilar Vuk Radenovich va Stefan Skobelev duetini, yarim finalda esa neytral tennischilar Maksim Jukov va Svyatoslav Gulin tandemini yengib, finalga yo‘l oldi. Afsuski, Humoyun va Saba so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida mezbonlar vakili Viktor Yovich va Kristiyan Yuhasga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, Humoyun Sultonov xalqaro turnirning yakkalik bahslarida ishtirok etib, yarim finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA