Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humoyun Sultonov Portugaliyada yana porlamoqda
11:32 / 2024-02-22

Portugaliyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “ITF25" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqaning mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslari ilk davrasida irlandiyalik Osgar O`Xoysinni 6/2, 6/1 hisobida taslim etdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.  

Endi mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Humoyun Sultonov 1/8 finalida rossiyalik Yaroslav Deminga qarshi kortga chiqadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA