Humoyun Sultonov Portugaliyada finalga chiqdi
Portugaliyada tennis bo‘yicha o‘tayotgan xalqaro turnirning yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov finalga yo‘l oldi.
Musobaqada Humoyun Sultonov avvaliga 1/4 finalida ispaniyalik Karlos Lopes Montagudni 7:6, 5:7, 7:6 hisoblarida mag‘lub etdi. Yarim final uchrashuvida esa braziliyalik Karuye Sellni 6:3, 6:0 hisobida yengib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bosh sovrin uchun Martin Landalusega qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA