Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humoyun Sultonov Kuvaytdan ikki sovrin bilan qaytmoqchi
10:31 / 2026-01-30

Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo‘yicha M15 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Humoyun Sultonov yakkalik bellashuvlarining ikkinchi davrasida fransiyalik Maksens Rivetga qarshi kortga chiqib, har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Endi tennischimiz yarim final ostonasida ruminiyalik Robert Guna bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, mahoratli tennischimiz musobaqaning juftlik bahslarida fransiyalik Konstantin Bittoun bilan tandem hosil qilib, 1/4 final bosqichida mezbonlar vakili Bader Alabdullah va Essa Qabazard duetini 6:3, 6:1 hisobida taslim etib, yarim finalda monakolik Rosso Piatti va armanistonlik Daniil Sarksian juftligi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA