English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humoyun Sultonov g‘alaba qozondi
09:53 / 2026-01-28

Quvaytning Zahra shahrida o‘tayotgan tennis bo‘yicha M15 toifasiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Mahoratli tennischimiz musobaqaning ilk davrasida turkiyalik Koray Kirchiga qarshi kortga chiqdi. Bahsda hisob 6:1, 4:1 bo‘lib turgan vaziyatda Koray uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortdi. Shu tariqa, ikkinchi davrada Humoyun Sultonov fransiyalik Maksens Rivet va quvaytlik Ali Alshati juftligi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.  

Darvoqe, H.Sultonov turnirning juftlik bahslarida fransiyalik Konstantin Bittoun bilan tandemda ishtirok etmoqda. Ular birinchi bosqichda ruminiyalik Robert Guna va gretsiyalik Paylos Sitsipas dueti bilan kuch sinashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA