Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humoyun Sultonov chorak finalga yo‘l oldi
09:48 / 2024-07-12

Germaniyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi “Wilhelmshöhe Open – 2024” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqaning yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov chorak finalga chiqdi.

Humoyun yakkalik bahslarining ilk davrasida germaniyalik Kay Veneltni, ikkinchi bosqichda yana bir germaniyalik tennischi Vinsent Mariskoni mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi ushbu bosqichda H.Sultonov Buyuk britaniyalik Anton Matusevich bilan kuch sinashadi.   

Ma’lumot uchun shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, Humoyun Sultonov, juftlik bahslarida germaniyalik Lukas Deliano bilan tandemda chorak finaga qadar yetib bordi. Afsuski, ushbu bosqichda Anton Matusevich (Buyuk Britaniya) hamda Kay Venelt (Germaniya) duetiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA