Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humoyun Sultonov bosh sovrinni ko‘zlamoqda
11:33 / 2026-01-31

Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo‘yicha M15 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida yarim, juftliklar o‘rtasida finalga chiqdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Humoyun Sultonov yakkalik bellashuvlarining chorak finalida ruminiyalik Robert Guna bilan kuch sinashdi va 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi tennischimiz yarim finalda neytral tennischi Yevgeniy Karlovskiyga qarshi kortga chiqadi. 

Shuningdek, mahoratli tennischimiz musobaqaning juftlik bahslarida fransiyalik Konstantin Bittoun bilan tandem hosil qilib, 1/2 final monakolik Rosso Piatti va armanistonlik Daniil Sarksian juftligini 7:6, 6:2 hisobida yengdi va finalda turkiyalik Mert Ozdemir va Nachi Turker bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA