Humoyun Sultonov Belgiyada vitse-chempion bo‘ldi
Belgiyaning Dyuffel shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi «Gonzalez Academy event» xalqaro turniri yakunlandi.
Turnir yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Humoyun Sultonov finalda avstriyalik Sandro Koppga qarshi kortga tushdi. Kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqaning vitse-chempioniga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida: endi H.Sultonovning aynan Belgiyada 24-30 iyun kunlari o‘tadigan M25 toifasidagi «BRUSSELS OPEN – 2024» turnirida ishtirok etishi kutilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA